Axborot ishora belgilari

<ul><li><strong>5.8.1. "Tasmalar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi"</strong></li></ul><p>Bu belgi yo'l tasmalari soni va har bir yo'l bo'lagi bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishini ko'rsatadi. Ushbu belgi chorraha oldida o'rnatiladi va ko'p tasmali keng yo'llarda harakatlanish yo'nalishini yo'l tasmalari bo'yicha belgilaydi. Yo'lning chetki chap tasmasidan chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich shu tasmadan orqaga qayrilishga ham ruxsat beradi.</p>