Axborot ishora belgilari

<ul><li><strong>5.10.1. "Yo'nalishli transport vositalari uchun alohida tasmasi bor yo'l"</strong></li></ul><p>Bu belgi belgilangan yo'nalishli transport vositalarining umumiy oqimga qarshi harakatlanishi uchun ajratilgan bo'lakni ko'rsatadi. Belgi o'rnatilgan yo'lning chetki chap bo'lagida belgilangan yo'nalishli transport vositalari umumiy oqimga qarshi harakatlanadi.</p><p>Bu yo'l bo'lagi boshqalaridan sidirg'a chiziq bilan ajratilib, unga boshqa transport vositalarining kirishi taqiqlanadi. Jamoat transporti harakatlanadigan qarama-qarshi bo'lakka chiqqan haydovchi eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.</p>