1.7. Aylanma harakatlanish bilan kesishuv

Ogohlantiruvchi belgilar

1.7. Aylanma harakatlanish bilan kesishuv

1.7. "Aylanma harakatlanish bilan kesishuv" Agar aylanma harakatli chorraha yo‘l sharoiti, ya'ni burilish, past - balandlik tufayli xavfsizlikni ta'minlovchi masofadan ko‘rinmasa, bu belgi aholi punktlarida 50 - 100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa, 150 - 300 metr masofada o‘rnatiladi. Aylanma harakatlanish bilan kesishuv haqida ogohlantiruvchi ushbu belgi qo‘yilgan joydan transport vositasi tezligini pasaytirib, ehtiyot choralarini ko‘rgan holda, harakatni davom ettirish maqsadga muvofiq. Chunki aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.