Qo'shimcha axborot belgilari

7.6.1 — 7.6.9. «Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli»

Ushbu belgilar 5.15 «To‘xtab turish joyi» belgisi bilan birga transport vositalarining trotuar yaqinidagi to‘xtab turish joyiga qo‘yish usulini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini ko‘rsatadi. 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to‘xtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qo‘yish usulini ko‘rsatadi.