7.12 Xavfli yo’l yoqasi

Qo'shimcha axborot belgilari

7.12 Xavfli yo’l yoqasi

7.12. "Xavfli yo'l yoqasi"

Qo‘shimcha axborot belgisi yo‘l ishlari bajarilayotgani sababli yoki yo‘l yoqasidan qurilish materiallarini tushirish va qurilish mashinalarini qo‘yish uchun foydalaniladigan bo‘lsa, yo‘l yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogohlantirish maqsadida foydalaniladi hamda 1.23. «Ta’mirlash ishlari» belgisi bilan qo‘llaniladi.

Ushbu belgilar talablariga amal qilmay yo‘l yoqasida to‘xtagan yoki to‘xtab turish uchun qo‘ygan haydovchining avtomobili ta’mirlash ishlariga halaqit berishi, yo‘l  yoqasiga tushirilayotgan qurilish materiallari avtomobiliga tegib ketib shikastlanishi, bu yerda ish bajarayotgan qurilish mashinalarining harakatlanishi oqibatida yo‘l-transport hodisasini keltirib chiqarishi mumkin.