Imtiyoz belgilari

2.3.1. "Ikkinchi darajali yo'l bilan kesishuv" Harakatlanish tartibga solinmagan chorrahada haydovchiga imtiyoz beruvchi bu belgi asosiy yo‘l bo‘ylab, aholi punktlarida chorrahadan 50 -100 metr aholi punktlaridan tashqarida esa, 150 -300 metr oldin o‘rnatiladi. Belgi haydovchining asosiy yo‘ldan ketayotganini tasdiqlagani holda, ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuv yaqinlashayotgani va undagi kutilmagan xavf-xatardan ogohlantiradi. Shu bois, haydovchilar ushbu kesishuv yo‘llaridan o‘tishda ehtiyot choralarini ko‘rishlari shart.